Oybek Jalolov

Play Market va App Store’da tashkilot akkauntini ochish

Ilovani o‘z kompaniyangiz nomidan chiqarish uchun Google Play Console va Apple Developer Program’da tashkilot akkaunti kerak. D-U-N-S raqamidan tortib tekshiruvdan o‘tishgacha hammasini qilib beraman. Akkaunt va unga kirish ma’lumotlari to‘liq sizda qoladi.

Shaxsiy va tashkilot akkaunti farqi

  • Tashkilot akkauntida do‘konda kompaniya nomi ko‘rinadi, shaxsiy akkauntda — odamning ismi.
  • Google Play’da yangi shaxsiy akkauntlar ilovani chiqarishdan oldin kamida 12 tester bilan 14 kunlik yopiq test o‘tkazishi shart. Tashkilot akkauntida bu talab yo‘q.
  • Tashkilot akkauntiga jamoa a’zolarini rollar bilan qo‘shish va kompaniyani sotishda yoki o‘zgartirishda akkauntni saqlab qolish oson.

Nimalar kerak bo‘ladi

  • D-U-N-S raqami — bo‘lmasa, olib beraman.
  • Kompaniya nomidagi sayt va domen (Apple talabi) hamda shu domendagi email.
  • Kompaniya nomidan imzo qo‘yish huquqiga ega shaxs.
  • Xalqaro Visa yoki Mastercard karta — rasmiy to‘lovlar uchun.

Rasmiy to‘lovlar

  • Google Play Console: bir martalik 25 AQSh dollari.
  • Apple Developer Program: yiliga 99 AQSh dollari.

Bu to‘lovlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Google va Apple’ga qilinadi. Mening xizmatim narxi alohida kelishiladi.

Jarayon

  1. Ma’lumotlarni D-U-N-S yozuvi bilan solishtirib tayyorlayman.
  2. Google Play Console’da tashkilot akkauntini ochib, tekshiruvdan o‘tkazaman.
  3. Apple Developer Program’ga tashkilot sifatida ariza beraman; Apple tasdiqlash uchun qo‘ng‘iroq qilishi mumkin.
  4. To‘lov, soliq va bank ma’lumotlarini sozlayman (pullik ilova yoki obuna bo‘lsa).
  5. Jamoa a’zolarini kerakli rollar bilan qo‘shaman.

Ko‘p beriladigan savollar

Play Market akkaunti ochish qancha turadi?

Google Play Console uchun bir martalik 25 AQSh dollari, Apple Developer Program uchun yiliga 99 AQSh dollari to‘lanadi. Bu rasmiy to‘lovlar, mening xizmatim alohida kelishiladi.

Akkaunt kimning nomida bo‘ladi?

Sizning kompaniyangiz nomida. Login, parol va barcha huquqlar sizda qoladi.

Akkaunt qancha vaqtda ochiladi?

D-U-N-S raqami tayyor bo‘lsa, odatda bir necha kundan bir-ikki haftagacha. Bu Google va Apple tekshiruviga bog‘liq.

Uzcard yoki Humo bilan to‘lasa bo‘ladimi?

Yo‘q, Google va Apple xalqaro Visa yoki Mastercard kartalarni qabul qiladi.

Boshqa xizmatlar

Boshlaymizmi?

Vazifangizni Telegram’da yozing yoki qo‘ng‘iroq qiling — tez javob beraman.

Xizmatni Oybek Jalolov ko‘rsatadi — mobil dasturchi, 3+ yil tajriba, 20+ ilova.