Ilovani Play Market va App Store’ga chiqarish
Ilova tayyor, lekin do‘konga chiqmayaptimi yoki rad etildimi? Ilovangizni Play Market va App Store’ga joylab, Google va Apple ko‘rigidan o‘tkazib beraman. 20 dan ortiq ilovani do‘konlarga chiqarganman.
Nimalarni tayyorlayman
- Ilova sahifasi: nomi, qisqa va to‘liq tavsifi, kalit so‘zlar.
- Ikonka, skrinshotlar va Google Play uchun 1024×500 banner.
- Maxfiylik siyosati sahifasi — ikkala do‘kon ham talab qiladi.
- Google Play’dagi «Data safety» va yosh reytingi anketalari, App Store’dagi «App Privacy» ma’lumotlari.
- Ko‘rikchilar uchun test akkaunti, agar ilovada login bo‘lsa.
Ko‘p uchraydigan rad etish sabablari
- Ilovada akkaunt ochish bor, lekin akkauntni o‘chirish imkoniyati yo‘q — Apple va Google buni talab qiladi.
- Ma’lumot yig‘ish maxfiylik siyosatida yoki Data safety’da to‘g‘ri ko‘rsatilmagan.
- Ilova sayt nusxasiga o‘xshaydi yoki funksiyasi juda kam.
- Ko‘rikchi login qila olmaydi yoki ilova ishga tushganda xato beradi.
Bu sabablarni oldindan tekshiraman, rad etilgan bo‘lsa — tuzatib, qayta yuboraman.
Jarayon
- Ilovani tekshiraman: do‘kon qoidalariga mosligi, xatolar, kerakli sahifalar.
- Google uchun AAB, Apple uchun reliz build tayyorlayman va imzolayman.
- Ilova sahifasi, rasmlar va anketalarni to‘ldiraman.
- Ko‘rikka yuboraman va savollarga javob beraman.
- Ilova chiqqach, keyingi yangilashlarni ham shu tartibda chiqaraman.
Muddat
App Store ko‘rigi odatda 1–2 kun, Google Play ko‘rigi bir necha soatdan bir necha kungacha davom etadi. Yangi akkauntlarda bu uzoqroq bo‘lishi mumkin.
Ko‘p beriladigan savollar
Ilovani Play Market’ga joylash uchun nima kerak?
Google Play Console akkaunti, imzolangan AAB fayl, ilova sahifasi va rasmlari, maxfiylik siyosati havolasi hamda Data safety va yosh reytingi anketalari.
App Store ko‘rigi qancha davom etadi?
Ko‘pincha 1–2 kun. Savol yoki rad etish bo‘lsa, tuzatib qayta yuborgandan keyin yana shuncha.
Ilovam rad etildi, yordam bera olasizmi?
Ha. Rad etish sababini o‘qib, ilovani yoki do‘kon ma’lumotlarini tuzataman va qayta yuboraman.
Akkauntim yo‘q bo‘lsa-chi?
D-U-N-S raqami va tashkilot akkauntini ham ochib beraman, keyin ilovani chiqaramiz.
Boshqa xizmatlar
Boshlaymizmi?
Vazifangizni Telegram’da yozing yoki qo‘ng‘iroq qiling — tez javob beraman.Xizmatni Oybek Jalolov ko‘rsatadi — mobil dasturchi, 3+ yil tajriba, 20+ ilova.